Kuadrado va Bernardeski "Napoli"ga qarshi o'yinga tayyor, Iguainning ishtiroki so'roq ostida

Aslanov Jasurbek
30 noya 2017, 17:43
"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado va hujumchisi Federiko Bernardeski A Seriyaning 15-turida "Napoli"ga qarshi o'ynashga tayyor.

Bu haqda matbuot-anjumanida turinliklar ustozi Massimiliano Allegri ma'lum qildi.

"Kuadrado va Bernardeski tayyor bo'lishlari kerak. Iguainning ishtiroki so'roq ostida. Hammasi uning qo'li qanday holatda bo'lishiga bog'liq.

Ertaga bizni yaxshi test kutib turibdi, chunki oldinda "Olimpiakos"ga qarshi Chemiponlar ligasi guruh bosqichining hal qiluvchi uchrashuvi bor. Biz pley-offga chiqishimiz shart. Ertangi bahs muhim, ammo hal qiluvchi emas.

Hamma "Napoli"ning hujum chizig'i haqida gapirmoqda, ammo ular ham yaxshi himoyalanishadi. So'nggi uch yil davomida ular katta o'sishga erishishdi va xatto ularning o'yinini ko'rib rohat ola boshladim" - deydi Allegri.

"Napoli" - "Yuventus" uchrashuvi 1 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Bahs 00:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com