Kronke: "Arsenal" sotilmaydi"

Alisher
8 noya 2021
"Arsenal" xo'jayini Sten Kronkening o'g'li Josh Kronke klubning sotuvi haqida gapirdi.

"Biz doim dunyo bo'ylab turli xil insonlardan takliflar olamiz va bu "Arsenal"ning kuchidan dalolat berib turibdi.

"Arsenal" futbol klubi - bu jahon brendi. Mening yagona javobim - klub sotilmaydi. Biz endigina o'z yo'limizni boshlayapmiz.

Biz klubga atigi 2018 yildan beri egalik qilamiz. Bizda yosh murabbiy va yosh jamoa bor, biz o'z rivojlanish yo'limizni belgiladik", - deydi Kronke.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports