Kristian Veri: "Xoland "Yuventus"ga "yo'q" deb to'g'ri qilgan"

Alisher
5 may 2020, 14:04
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Kristian Veri "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.

- Xoland "Yuventus"ga "yo'q" dedi? To'g'ri qildi. "Borussiya"ga o'tish to'g'ri qaror bo'lgan. U yoshlarni qadrlaydigan jamoada.

U ajoyib futbolchi va bir necha yillardan so'ng nemislar uni 200 yoki 300 million evroga sota olishadi, - deydi Veri.

Norvegiyalik 19 yoshli futbolchi joriy mavsum "Borussiya" libosida Bundesligada 8ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/christianvieri