Krimec jamoasi Guarin va Demba Ba jamoasini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2016, 12:21
Kecha Xitoy Superligasida 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Egor Krimec to'p tepayotgan "Beyjing Goan" klubi o'z maydonida "Shanxay Shenxua" klubini qabul qildi. Mashhur ispaniyalik Gregorio Manzano boshqarayotgan "Shanxay" safida Demba Ba, Fredi Guarin, Obafemi Martins, Jovanni Moreno kabi jahon yulduzlari to'p tepishadi.

Kecha o'yinda "Beyjing" 2:1 hisobida zafar quchdi. Krimec jamoa safida to'liq o'ynadi. Klub o'z ochkolarini 20taga etkazib oldi va 8-o'ringa chiqib oldi. "Beyjing" keyingi o'yinni 29 iyun kuni Xitoy Futbol Assotsiatsiyasi kubogi doirasida "Xandjou Luchen"ga qarshi o'tkazadi.

Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z uyida "Xenan Czyanie"ni 1:0 hisobida taslim qildi. Ismoilov jarohatini davolayotgani uchun bu o'yinda ham maydonga tushmadi. Anzur yaqin vaqt ichida maydonga qaytadi.

Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali
"Beyjing Goan" - "Shanxay Shenxua" 2:1
Gollar:
Zang Xize 66, 69 - Demba Ba 83
Chetlatish: YU Dabao 84 ("Beyjing Goan")

"Chanchun Yatai" - "Xenan Czyanie" 1:0
Gol
: Moreno 74




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia