Eshitdik-da! "Paxtakor"ning ikki himoyachisi "Turon"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
6 yanv 2022, 00:15
Bugun "Paxtakor"ning ikki markaziy himoyachilari Anzur Ismoilov hamda Egor Krimec jamoani tark etdi.

Biri AGMKni tanlagan bo'lsa, ikkinchi himoyachi "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, "Paxtakor"ning yana ikki himoyachilari - Marlen Chobanov hamda Vladimir Kozak "Turon" safiga o'tishga yaqin turibdi. Bu boradagi rasmiy xabar yaqin kunlar ichida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia