

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" pley-offning ilk bosqichida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.
"Barchamiz ushbu qur'adan quvonsak bo'ladi. Bizga eng qiyin raqib tushdi. "Liverpul" o'tgan mavsumda YCHLning finaligacha borgandi, hozir esa ular APLning yetakchisi bo'lib turibdi.
Ular ham YCHLning favoritlaridan biri. Biroq biz "Bavariya"miz! "Liverpul" ham barchasini tushunib turibdi. Imkoniyatlar 50ga 50", - dedi Kovach.



