Kovach: "Eng qiyin raqib bizga tushdi"

Mirjalol Normatov
17 dek 2018, 21:12
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach YCHLning 1/8 finali qur'asi natijalari haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" pley-offning ilk bosqichida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

"Barchamiz ushbu qur'adan quvonsak bo'ladi. Bizga eng qiyin raqib tushdi. "Liverpul" o'tgan mavsumda YCHLning finaligacha borgandi, hozir esa ular APLning yetakchisi bo'lib turibdi.

Ular ham YCHLning favoritlaridan biri. Biroq biz "Bavariya"miz! "Liverpul" ham barchasini tushunib turibdi. Imkoniyatlar 50ga 50", - dedi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports