Koronavirusga chalingan Auarning o'rniga Nabil Fekir Fransiya terma jamoasiga chaqirildi

29 avg 2020, 09:32
“Betis” a'zosi yana mamlakat bosh jamoasidan taklif oldi.

“Lion” yarim himoyachisi Ussem Auarning koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi. Fransiya terma jamoasi uning o'rnini “Betis” a'zosi Nabil Fekir egallashini ma'lum qildi.

Endi Fekir milliy jamoa bilan Millatlar Ligasi doirasida o'tkaziladigan Shvetsiya (5 sentyabr) hamda Xorvatiya terma jamoalariga (8 sentyabr) qarshi bahslarda ishtirok etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express