

Braziliya klubi ispaniyaliklarning 3 mln. evrolik taklifini qabul qildi. Shunday qilib, "Vilyarreal" futbolchining 60%lik transfer huquqini sotib oldi, qolgan 40% Patoning o'ziga tegishli. "Korintians" sobiq prezidenti Andres Sanches bu ma'lumotni tasdiqladi.
26 yoshli Pato oldingi mavsumni "Chelsi"da ijarada o'tkazdi. U Premer-liganing 2 uchrashuvida 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.



