Koreya Respublikasi ketma-ket 8-marta chorak finalga chiqdi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2024, 00:46
Yaqindagina Koreya Respublikasi termasi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Saudiya Arabistonini mag'lub etib, chorak finalga yo'llanma oldi.

Shu orqali Koreya Respublikasi termasi Osiyo Kuboklari tarixida ketma-ket sakkizinchi marta chorak finalga yo'llanma oldi.

O'tgan 7 urinishda koreyaliklar 3 marta (1996, 2004, 2019) chorak finaldan o'ta olishmagan. 

Ma'lumot uchun, "Osiyo yo'lbarslari"ning qita kubogidagi chempionliklari birinchi va ikkinchi turnirlarda - 1956 va 1960 yilgi Osiyo Kubogida qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia