

“Al-Nassr” - “Damak” 4:1
Gollar: 34 - Sadio Mane, 52 - Kingsli Koman, 58 - Morlaye Silla, 63 - Krishtianu Ronaldu, 81 - Krishtianu Ronaldu
“Al-Nassr”: 24. Bentu, 12. Navaf Al-Bushal (4. Nader Al-Sharari, 90+2’), 3. Muhammad Simakan, 5. Abdulela Al-Amri, 26. Inigo Martines, 17. Abdulla Al-Xaybari, 10. Sadio Mane (29. Abdulrahmon G'arib, 87’), 21. Kingsli Koman, 23. Ayman Yahyo (20. Gabriel Anjelo, 85’), 79. Joau Feliks, 7. Krishtianu Ronaldu (9. Abdulla Al-Xamdan, 87’).
Zaxira: 1. Navaf Al-Akidi, 70. Avad Aman, 83. Salem Al-Najdi, 96. Saad Al-Nasser, 16. Muhammad Maran.
“Damak”: 1. Kevin, 12. Sanusi Al-Xavsavi (22. Abdulraxman Al-Xaybre, 84’), 5. Xassan Al-Rabea (80. Yahyo Naji, 61’), 15. Jamal Xarkass, 3. Abdelkader Bedran, 13. Abdulrahmon Al-Obaid, 6. Tarek Abdulla, 20. Dari Al-Anazi (77. David Kaiki, 61’), 14. Jonatan Okita (88. Xaled Al-Samiri, 85’), 2. Morlaye Silla, 99. Arielson Sampayo (11. Yaku Meyte, 61’).
Zaxira: 30. Naser Al-G'amdi, 72. Meshal Al-Shaxrani, 4. Nur Al-Rashidi, 18. Navaf Al-Sadi.
Ogohlantirishlar: 25 - Sanusi Al-Xavsavi, 26 - Dari Al-Anazi, 54 - Krishtianu Ronaldu, 60 - Sadio Mane, 62 - Jamal Xarkass, 71 - Tarek Abdulla
🕘 90+4. O'yin yakunlandi! Ronaldu va “Al-Nassr” - chempion!
90+1. Feliksning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
🔄 87. Uchrashuv qahramoni Ronaldu zaxiraga olindi. U hamon yig'lamoqda!

84. Dahshat hissiyotlar! Krishtianu hamon yig'lamoqda… quvonchdan!
83. Koman darvozaga yaqin masofadan zarba bermay, uzatdi to'pni, biroq yakuniy zarba berilmadi.
82. O'yin va musobaqa taqdiri hal! Ronaldu yig'lab yubordi!

⚽️ 81. GOL! Krishtianu Ronaldudan dubl! Portugaliyalik hujumchi darvozaga yaqin masofadan zarba berdi va 973-golini urdi!
76. Hammasi joyidaga o'xshaydi Ronalduda, u maydonda.
73. Krishtianu Ronaldu maydonga o'tirib oldi, qiziq, jarohatmikin?
70. Komanning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi!
68. Koman o'ngdan yurish qilib, o'tkir burchakdan zarba berdi, Kevin to'pni ushlab oldi.
64. Zo'r o'yin ko'ryapmiz, gollarga boy, intrigali.

⚽️ 63. GOL! Ronaldudan super gol! Krishtianu burchakka yaqin joyda belgilangan jarima zarbasini aniq amalga oshirib, chiroyli gol muallifi bo'ldi! 972-gol!
59. Quyida aytganimizdek, “Damak” qaytmoqda, hujumlarda faol.
⚽️ 58. GOL! Silla hisobni qisqartirdi! Morlaye penaltini aniq amalga oshirdi!
57. Penalti belgilandi! “Al-Nassr” tomon! Simakanning qo'liga to'p tekkani ma'lum bo'ldi.
56. Ie, qiziq-ku. “Al-Nassr” darvozasi tomon penalti ehtimoli ko'rib chiqilmoqda VARda.
56. Bedranning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
🟨 54. Ronalduga sariq kartochka ko'rsatildi.
53. Masala hal bo'ldimi yoki mehmonlar iroda ko'rsatishadimi? Qiziq vaziyat! Kuzatamiz.

⚽️ 52. GOL! Koman hisobni ikkitaga oshirdi! Fransiyalik futbolchi ajoyib zarbasi bilan gol urdi!
50. Ronaldu o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi.
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
🕘 45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+2. “Damak” bo'lim so'nggida faollikni oshirmoqda.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
42. Feliksning kuchli zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi!
40. Ronaldu havolatib uzatilgan to'pni akrobatik uslubda darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, biroq o'xshamadi.
38. Yana burchak zarbasi va yana to'p oldida Feliks… biroq muvaffaqiyatli bo'ladi bu safargisi.
35. Hisob ochildi, “Al-Nassr” turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqdi, buyog'iga o'yin yanada qizishi aniq.

⚽️ 34. GOL! Mane hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Sadio bosh bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!
30. Futbolchilarning suv ichib olishlari uchun vaqt berildi.
28. Komanning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.
27. Feliks o'tkir burchakdan turib zarba berdi, biroq noaniq ketdi.
🟨 26. “Damak”ning ikki futbolchisi ikki daqiqa ichida ogohlantirildi.
21. O'ngdan uzatilgan to'pga dastlab Mane zarba berdi, darvozabon qaytardi, so'ng Ronaldu bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq.
16. Al-Xaybarining kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi…
🟨 14. “Al-Nassr” bosh murabbiyiga sariq kartochka ko'rsatildi. Bugun klub murabbiylar shtabi ancha asabiy.
10. Uchrashuvda temp yuqori emas, zarba ko'rmadik.
5. Mezbonlar faol, biroq hozircha tezkor xavfli hujum ko'rmadik.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan uchrashuv - “Al-Nassr” - “Damak” bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



