
Ushbu uchrashuvdan oldin Luis Enrike ishtirokidagi matbuot-anjumanini e'tiboringizga havola qilamiz.
- Oldimizda hal qiluvchi to'rtta uchrashuv bor. Jamoa bir necha o'yindan beri juda yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Agar barcha o'yinlarimizda g'alaba qozonsak, raqiblarimiz qanday o'ynashining bizga ta’siri bo'lmaydi. Hozir xato qilishga haqqimiz yo'q. "Barselona"ning maqsadi sovrin qo'lga kiritish. Hozircha bu vazifani uddalaganimiz yo'q, ammo maqsadimizga yaqin turibmiz.
"Kordoba" qiyin vaziyatda turibdi. Bu o'yin qiyin bo'lishi aniq, ammo jamoamning g'alabasiga umid qilyapman. Raqibimiz Primeroni tark etishi mumkin.
Futbolchilarimiz ham yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi tushunib turibdi, ertaga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.