Kopa Amerika-2019. Yaponiya Chiliga yirik hisobda yutqazdi

18 iyun 2019, 09:30
“C” guruhidan o'rin olgan 1-tur bahsida Reynaldo Rueda boshliq Chili termasi Hadzime Moriyasu qo'l ostidagi Yaponiya terma jamoasini sinovdan o'tkazdi.

O'yin davomida Chili termasi yarim himoyachisi Eduardo Vargas (54, 83) dublga erishgan bo'lsa, Erik Pulgar (41), Aleksis Sanches (82) o'z nomiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.

Shu tariqa chililiklar Yaponiya darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g'alaba qozondi va musobaqani g'alaba bilan boshladi (4:0).

Yaponiya-Chili 0:4

Gollar: 0:1 - 41 Pulgar, 0:2 - 54 Vargas, 0:3 - 82 Sanches, 0:4 - 83 Vargas

Yaponiya: Osako, Hara, Ueda, Tomiyasu, Sugioka, Maeda (Miesi, 66), Sibasaki, Nakayama, Nakadzima (Abe, 66), Kubo, Ueda (Okadzaki, 79)

Chili: Ariyas, Isla, Medel, Maripan, Bosejur, Arangis, Pulgar, Vidal (Ernandes, 78), Fuensalida (Opaso, 80), Vargas, Sanches (Fernandes, 87)

Ogohlantirishlar: Hara (19), Nakayama (21), Opaso (90)

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia