Kontega yozgi transferlar oynasida qancha mablag' ajratilishi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 12:58
"Tottenxem" rahbariyati yozgi transferlar oynasi vaqtida yangi futbolchilar olib kelish uchun jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega qancha mablag' ajratishi ochiqlandi.

Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassisga yangi mavsum oldidan futbolchilarning transferi uchun 100 million evro ajratiladi. Futbolchilarning sotuvidan tushgan mablag' esa yangilarning olib kelinishiga ishlatilmaydi.

"Tottenxem" yozda himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda. Mablag'ning katta qismi aynan himoyachilarga ishlatilishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Antonio Konte va "Tottenxem" APLda to'rtinchi o'rinni egallab, YCHLga yo'llanma oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal