Konte MYUning yana bir futbolchisini "Inter"ga olib o'tmoqda

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 20:25
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang "Inter" bilan shartnoma borasida kelishib oldi.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri muhbiri Nikolo Skira ma'lumot bermoqda. Tomonlar 2021 yilga qadar bo'lgan kelishuv uchun qo'l tashlashgan. Yaqin vaqtlarda ushbu transfer ishlari bilan shug'ullanayotgan agent Milanga tashrif buyuradi.

Ayni damda 34 yoshli futbolchining MYUdagi shartnomasini bekor qilish ishlari ketmoqda.

Yang ushbu mavsumda APLning 12 o'yinida qatnashdi.

O'tgan yozda MYUning ikki nafar futbolchilari - Romelu Lukaku hamda Aleksis Sanches "Inter"ga o'tishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport