Konte kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etgani uchun 6 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 apr 2016, 17:12
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte kelishilgan uchrashuvlardagi ishtiroki uchun 6 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Konte 2010/11 mavsumda "Siena" murabbiyi sifatida ishlagan paytlarida, murabbiy jamoa A Seriyaga chiqishini taminlagan bir nechta kelishilgan uchrashuvlar haqida ma'lumotlarni yashirgan.

Oldinroq Konte bu ish borasida 4 oylik diskvalifikaciyani o'tagan edi, ammo prokuror yangi jazo qo'llash niyatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal