Konte Ikardi bilan ishlashni xohlamayapti va "Inter"dan uni sotishni talab qilmoqda

Alisher
30 may 2019, 16:43
"Inter"ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte bo'ladi.

Tomonlar 3 yillik shartnoma borasida kelishib olishdi. 49  yoshli mutaxassis mavsum uchun oladigan bonuslardan tashqari yiliga 9 million evro maosh oladi.

Kontening "neradzurri"larga qo'yayotgan birinchi talabi uning rejasiga kirmayotgan hujumchi Mauro Ikardini sotishdan iborat.

Italiyalik murabbiy bu qarorga uning futbolchilik nuqtayi nazaridan emas, balki axloqi jihatidan kelgan.

O'tgan mavsumda jamoa ichki muhitini buzgan futbolchi bilan mavsumni boshlamoqchi emas.

Ikardi bu mavsumda sardorlik bog'ichidan ayrildi va futbolchining xotini va agenti Vanda Nara bilan jamoa rahbariyati o'rtasidagi noroziliklar yuzaga keldi.

Bugun "Inter" bosh murabbiy Luchano Spallettining iste'fosini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport