Konte: "Ibragimovichni "Chelsi"ga taklif qilmoqchi edim"

11 yanv 2020, 22:57
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte "Chelsi"da ishlab yurgan kezlari Zlatan Ibragimovichni London jamoasiga taklif qilishga harakat qilganini tan oldi.

"Men uni jamoaga taklif qilmoqchi edim. Afsuski, u bunga tayyor emasdi. O'ylaymanki, Zlatan "Milan"ga ko'p narsa bera oladi. Jamoangizda shunday futbolchi bo'lsa, unda hamma narsa osonlashadi", - dedi italiyalik mutaxassis "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports