Konte Gvardiolani mag'lub etish bo'yicha eng yaxshi foiz ko'rsatkichga ega

Eldor Akmurzayev
20 fev 2022, 08:30
APL 26-turida “Tottenxem” safarda 3:2 hisobida “Man Siti”ni taslim etdi.

Bu Antonio Konte va Pep Gvardiola o'rtasidagi qarama-qarshilikning beshinchisi bo'ldi. Avvalgi 4 o'yin ham APL doirasida o'tgandi. Konte “Chelsi” boshqaruvida 2016/17 yilgi mavsum ikki g'alabani qo'lga kiritgan – 3:1 va 2:1.

2017/18 yilgi mavsum esa Gvardiola muvaffaqiyatga erishgandi – ikkala uchrashuvda 1:0 hisobi.

Shu tariqa, italiyalik mutaxassis Pepni mag'lub etish borasida eng yaxshi foiz (60) ko'rsatkichga ega. Undan keyingi o'rinda esa Yurgen Klopp bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports