KONKAKAF ham barcha turnirlariga tanaffus berdi

Mirjalol Normatov
13 mar 2020, 23:29
Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Karib dengizi davlatlarida KONKAKAF bayrog'i ostidagi musobaqalarga vaqtinchalik tanaffus berildi.

Bunga dunyoning 5 mingdan ziyod aholisini hayotiga zomin bo'lgan koronavirus epidemiyasi sabab bo'lmoqda. KONKAKAF kamida to'rt turnir - mahalliy Chempionlar ligasi, Olimpiya o'yinlariga saralash raundi, Oltin Kubok birinchi saralash bosqichi hamda "Caribbean Club Shield" musobaqasi o'yinlari oldindagi bir oyda o'tishi rejalashtirilgandi.

Ayni kunlarda Yevropa va Amerika qitasida chempionat va o'yinlarni qoldirish borasidagi xabarlar anchagina ko'paydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal