Koman "Bavariya"dan ketishga qaror qildi - hammasiga Sane aybdor

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2021, 18:51
Futbolchi klubdagi holatidan norozi.

"Bavariya" vingeri Kingsli Koman yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etmoqchi.

Futbolchi maoshi kamligidan norozi. Klub rahbarlari uning maoshini 1 millionga oshirib, yiliga 12 milliongacha berishga tayyor.

Fransiyalikning ko'proq pul olishga arzishiga ishonchi komil. Unga Sane va o'z maoshi o'rtasidagi farq yoqmayapti.

Shuningdek, vinger "Bavariya"da unga 10-raqamni bermayotganliklaridan norozi. Bu raqam Filippe Koutino ketgach, Leroy Sanega berilgan. Fransiyalik esa bundan g'azablanmoqda.

Koman o'tgan mavsumda Germaniya Bundesligasining 29 o'yinida 5 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football.ua