Koke: “Duyoning eng kuchli jamoasiga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynash og'ir”

7 apr 2019, 07:32
“Atletiko” yarim himoyachisi Koke “Barselona”ga (0:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Kostaning chetlatilishiga qadar biz juda yaxshi o'ynayotgan edik. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynash doim og'ir. Shunga qaramay jamoadoshlarim harakat qilishdi, vaziyatlar yaratishdi... Endi asosiy e'tiborimizni keyingi o'yinlarga qaratib, mavsumni yaxshi yakunlashga harakat qilamiz”, deydi Koke.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Атлетико" расмий сайти