Klyuyvert qaysi futbolchiga o'xshamoqchi?

Mirjalol Normatov
29 mar 2018, 12:00
"Ayaks" hujumchisi Jastin Klyuyvert o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi.

"Neymar? Yoqimli tenglashtirish. Biroq u dunyo darajasidagi futbolchi. Maqsadim u kabi futbolchi bo'lish.

Buning uchun har kuni tinimsiz ishlash kerak. Biroq bu menga juda og'ir bo'ladi, chunki endi 18 yoshga kirdim. Umid qilamanki, Neymar kabi futbolchi bo'laman.

Ronalduga o'xshashni istayman, biroq "Barselona"da o'ynamoqchiman", - dedi Klyuyvert.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports