Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ma'lum. O'zbekistondan hech kim yo'q

Narzulla Saydullayev
18 okt 2018, 09:22
FIFA shu yil qishda bo'lib o'tadigan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslarida ishlaydigan hakamlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra ushbu mundialda 6 nafar bosh hakam va 6 nafar video assistent referilar ishlaydi.

Bosh hakamlar:

Osiyo - Ryuji Sato (Yaponiya)
Afrika - Obid Sharif Mehdi (Jazoir)
KONKAKAF - Jair Marrufo (AQSH)
KONMEBOL - Vilton Sampaio (Braziliya)
Okeaniya - Mett Konger (Yangi Zelandiya)
UEFA - Janluka Rokki (Italiya)


Video assistent referilar:
Muhammad Abdulla (BAA)
Mark Geyger (AQSH)
Mauro Vigliano (Argentina)
Pavel Jil (Polsha)
Massimiliano Irrati (Italiya)
Denni Makkelie (Gollandiya)

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati 12-22 dekabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada jami 7ta klub ishtirok etadi. Hozirda ularning 4tasi ma'lum: "Real Madrid" (UEFA chempioni), "Gvadalaxara" (KONKAKAF chempioni), "Vellington" (Okeaniya chempioni), "Al Ayn" (BAA, mezbon davlat) chempioni

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia