

"G'alati bo'ldi, chunki odatda men penaltilarni tepmayman, ammo bu safar jamoadoshlarim jiddiy iltimos qilishdi. Ular menga bosim o'tkazishdi. Penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdim.
"Lacio"dagi qaysi golim men uchun esda qolarli? Poytaxt derbisidagi birinchi to'p. O'shanda tribunalarda fantastik atmosfera bo'lgan. Eng yaxshi o'yin? 2012/13 mavsumdagi "Roma"ga qarshi Italiya Kubogi finali.
Faoliyatimni qayerda davom ettirishim haqida bir qarorga kelganim yo'q. Hozir ham futbol o'ynashni sevaman. Gol urishga kuchim etadi deb o'ylayman" - deydi Kloze.



