

Mutaxassis Mauricio Sarrining o'rniga “Lacio”da ish boshlashi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, har ikki tomon allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. Kloze “Lacio” rahbariyatiga jamoani qabul qilib olishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, Kloze murabbiylik faoliyatida “Bavariya” U-17 va Avstriya klubida ishlagan. Nemis murabbiyi futbolchilik faoliyatida “Lacio” safida besh yil harakat qilgan.



