Kloppning fikricha "Liverpul" Alisson uchun ortiqcha pul to'lamagan

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 11:55
"Liverpul" bosh murabbiyi "Roma"dan 62,5 mln. evro evaziga sotib olingan darvozabon Alisson Beker transfer narxi haqida fikr bildirdi.

"Ko'pchilikning o'ylashicha, bu katta pul ekan. Ha, shunday, ammo Alison bundanda qimmatroq turishi mumkin edi. Masalan, Yan Oblakning shartnomasidagi tovon puli 100 mln. evro. Darvozabon xarid qilish - oson ish emas, shu sababli har yili bozorda yaxshi posbon topa olmaysiz" - deydi Klopp.

Alison "Liverpul"ga o'tib, futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylandi. Avvalgi rekord 2001 yil "Parma"dan "Yuventus"ga 53 mln. evro evaziga o'tgan Janluiji Buffonga tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN