Klopp "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
2 mar 2023, 08:53
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida "Vulverxempton" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin bo'lishini bilardik, ammo ko'plab vaziyatlarda biz bahsni nazorat qildik. 

Bazi vaziyatlarda shoshildik. Ikkinchi taymda "Liverpul" o'z ritmiga tushib oldi. Shunchaki, himoyada ishonchli o'ynab, hujumda vaziyatlar yaratishda davom etishimiz lozim edi. 

Umuman olganda biz bugun yaxshi himoyalana oldik. Yakkakurashlarda ham yutib chiqdik. Alisson seyvlar qilishiga hojat qolmaganligi ham yaxshi. 

Diogu Jota "o'ninchi futbolchi" rolida yaxshi o'ynadi, yarim himoya ham yakdil harakat qildi. 

Biz "Real"dan zarbalar o'tkazib yubordik - birinchi bo'limni yaxshi o'tkazib, ikkinchi taymni yomon boshlagandik. Bugun biz barqaror o'ynadik, shunday harakat qilishda davom etishimiz lozim", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC