Klopp: "Nunes "Manchester Siti"da ko'proq gol urgan bo'lardi"

Sherzod Nurmatov
15 okt 2022, 13:11
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi hujumchisi Darvin Nunes haqida gapirdi.

“Menimcha, Darvin Nunes joriy mavsum "Manchester Siti" hujum markazida o'ynaganida, hozirgacha yana bir nechta gol urgan bo'lardi. Ular uchun u yaxshi hujumchi, yakunlovchi bo'lardi. Uni tez-tez golli vaziyatlarga olib chiqish uchun o'yinimizni yaxshilashimiz kerak.

Bilmayman, lekin umid qilamanki, Nunes o'zini Erling Holand bilan solishtirishdan yiroq. "Liverpul"da u asta-sekin, qadamma-qadam oldinga intilmoqda. "Reynjers"ga qarshi o'yinda urilgan gol uning uchun qanchalik muhimligi yuzidan yaqqol ko'rinib turgandi", – dedi Klopp.

"Liverpul" 16 oktyabr kuni "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian