Klopp "Kelajakda nima bo'lishini qayerdan bilaman"

Aslanov Jasurbek
23 avg 2021, 01:47
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp kelajakdagi murabbiylik faoliyati haqida gapirdi.

Jurnalist murabbiyga "Liverpul"dagi faoliyati yakunlangach, uni nimalar kutayotgani haqida so'raganida, Klopp shunday javob berdi:

"Bu haqda nimadir deyishdan mani yo'q, chunki oldinda hali ko'p vaqt bor. Uch yildan keyin meni nima kutayotganini qayerdan bilaman. Bazilar uch haftadan keyin nima bo'lishini ham bilishmaydi".

Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp boshqaruvidagi "Liverpul" chempionatning ikki turidan so'ng olti ochko jamg'argan holda Angliya Premer-ligasi peshqadamlari qatoridan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild