

"Real Madrid" YCHL finalida "Liverpul"ni mag'lub qilib, chempionga aylandi. Shu tariqa, Yurgen Klopp o'zining YCHLdagi to'rtta finalining uchtasida mag'lub bo'ldi.
Murabbiy 2018 yilda "Liverpul" bilan "Real Madrid"ga imkoniyatni boy bergandi. 2013 yilda esa finalni "Borussiya" ustozi sifatida "Bavariya"ga yutqazgandi.
YCHLdagi yagona g'alaba esa 2019 yil "Liverpul" bilan birga "Tottenxem"ga qarshi qo'lga kiritilgan.



