

"Har yili jamoaning o'yin sifatini rivojlantirishimiz kerak. Agar buni uddalasak, g'oliblik uchun bo'lgan imkoniyat o'sadi. Biroq bu yo'lda boshqa jamoalar ham qattiq kurashadi: "Manchester Siti" - fantastik jamoa, "Manchester Yunayted" ham shular jumlasidan. Bu klublar chempionlik yo'lida asosiy kurashchilar bo'lishadi. "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem"ni ham yoddan chiqarmaslik lozim", - dedi murabbiy.



