Klopp: "Chelsi"ga qarshi o'yinda 13 kishi bo'lib o'ynaymiz"

Mirjalol Normatov
12 apr 2019, 21:40
APLning 34-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yindan oldin "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp raqib futbolchi Eden Azar haqida gapirdi.

"Azar yaxshi holatda bo'lsa, u dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. Uning ajoyib faoliyati bor va bu davom etmoqda. O'yin davomida uni zararsizlantirish uchun barchasini qilamiz. Kerak bo'lsa, uni ushlab turish uchun o'yinda 13 kishi bo'lib o'ynaymiz. Ikki futbolchi Azar bilan o'ynaydi.

Azarga to'p bermasak bo'ldi. Bu bizning doimiy o'yin uslubimiz ichiga kirib ketadi. To'g'ri Azarga qarshi o'yinda buni uddalash juda qiyin. Ammo "Chelsi" faqatgina Azardan tashkil topmagan", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal