
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma'lum qildi.
"Darvozabonni o'zgartirish uchun hech qanday sabab yo'q. Lanjerak birinchi davraning qolgan uch uchrashuvida darvozamizni qo'riqlaydi. Ammo bu qaror butun mavsum uchun emas. Vaydenfeller bilan suhbatlashdik va u asosiy tarkib uchun kurashishini ma'lum qildi. Qo'l ostingda bunday ikki nafar darvozabon bo'lgani juda yaxshi" - deydi murabbiy.