Klopp bir vaqtlar "Borussiya"da Ronalduni qanday to'xtatib qolgani haqida aytib berdi

Aslanov Jasurbek
24 may 2018, 12:44
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi final uchrashuvidan oldin, 2012-13 mavsumda uning "Borussiya"si (Dortmund) "Qirollik klubi"ni 4:1 hisobida enggani haqida gapirib berdi.

"O'sha bahsda Mario Gyotce Xabi Alonso bilan birga yurgan. Bu haqiqat. Alonso to'pni qabul qilib, o'giriladi va Ronaldu qochishga urinadi. Sha sababli Mario Alonsoni yopdi va bu yaxshi foyda berdi. Biroq bunday narsalarni "Real"ga qarshi o'yinda amalga oshirish juda qiyin. Ular bilan uchrashuvda senda imkoniyat paydo bo'lishi mumkin, biroq bu "qaymoqranglilar"ni havotirlantirmaydi. Bunday narsalar ularga ta’sir qilmaydi. "Real" shoshib qolganini ko'rganmisiz?" - deydi Klopp.

"Real" - "Liverpul" Chempionlar ligasi final o'yini 26 may kuni Kievda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror