Klopp: "Anchelottining qaytgani Angliya futboli uchun har tomonlama foyda bo'ldi"

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 15:44
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Kubogi doirasida "Everton"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi

"Karloning Angliya futboliga qaytishi, nafaqat "Everton" balki ingliz futboli uchun ham foydali bo'ldi. Futbolda u bilan yaxshi do'stman. U ajoyib inson.

U ham futbolchi, ham murabbiy sifatida barcha sovrinlarga ega chiqqan, biroq hali ham juda kamtar va xotirjam. Karloni ayni damda murabbiy bo'lib ishlayotganlar uchun o'rnak sifatida keltirish mumkin.

Taxlil qiladigan bo'lsak, uning "Everton"ga o'tkazgan ta’siri ko'rina boshladi. U o'zidan oldin ishlagan Dankan Fergyusonning ijobiy kayfiyatini davom ettirmoqda.

Hissiyotlar va derbi sababli "Everton" doimo noqulay raqib hisoblanib kelingan. Karloning tajribasi va malakasi sababli jamoa xavfli raqibga aylanmoqda.

Biroq biz o'zimizga ishonamiz va g'alaba uchun o'ynaymiz", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Guardian