Kim Pan Gon: "Ertaga g'alaba qozonsak, yo'llanma imkoniyati bizda yaxshi bo'ladi"

18 noya 2013, 20:41
Menedjerlar yig'ilishidan so'ng, "Gonkong" stadioni matbuot markazida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'lib, mezbonlar murabbiyi Kim Pan Gon jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Janubiy Koreyalik mutaxassis quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

"Guruhdagi vaziyatimizni yaxshi deb aytish qiyin. BAAga 2ta o'yinni boy berib, qiyin ahvolga tushib qoldik.Ammo O'zbekiston bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv hamma narsani o'zgartirib yuborishi mumkin. Shu sabab, o'yinga juda jiddiy tayyorlanyapmiz. Biz uchun bu uchrashuv mavsumning eng asosiy o'yini bo'ladi." - deya dastlabki fikrlarini bildirib o'tadi.


"G'alaba vaziyatni o'zgartiradi va biz Osiyo Kubogi final bosqichi yo'llanmasini  qo'lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lamiz. To'rt uchrashuvda biz faqat bir marta gol urishga erishdik. BAA va O'zbekistonga qarshi kechgan bahslarda maydonni golsiz tark etdik. Ertangi o'yinga tayyorgarlik paytida biz ushbu jihatga katta e'tibor qaratdik.Biz kuchli jamoalar darvozasini  ishg'ol etishni o'rganishimiz shart. Ertaga  shunday imkoniyat bo'ladi. Uni qo'ldan chiqarmasligimiz kerak." - deya qo'shimcha qilib o'tadi Gonkong bosh murabbiyi


Manba: the-uff.com