Kilian Mbappe faoliyatida to'rtinchi bor "Yilning eng yaxshi o'yinchisi" sovrinini qo'lga kiritdi

Alisher
29 may 2023, 08:13
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatida to'rtinchi bor Fransiya Futbolchilar va murabbiylar ittifoqi (UNFP) tomonidan "Yilning eng yaxshi o'yinchisi" sovrinini qo'lga kiritdi.

Mbappe ushbu mukofot uchun jamoadoshi Lionel Messi, kumush medal sohibi “Lans” futbolchilari Lua Openda va Seko Fofana hamda “Lill” hujumchisi Jonatan Devid bilan raqobatlashdi.

Joriy mavsumda Mbappe Liga 1'ning 33 ta o'yinida ishtirok etib,  28 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

"Lans" darvozaboni Bris Samba, "Yilning yaxshi darvozaboni" deb topildi. Frank Ez "Yil murabbiyi" sovriniga ega chiqdi. Uning boshchiligidagi "Lans" uzoq tanaffusdan so'ng ECHL yo'llanmasiga ega bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com