Kiberfutbol. “Barcamania Tashkent”, “Madridista Uzbekistan”, “Manchester Yunayted” fan-klubi va Akmal Mirzo “UzArena”da

5 mar 2017, 15:53
Kuni kecha kiberfutbol Assotsiatsiyasiga qarashli “UzArena”da “Manchester Yunayted” fan-klubi Assotsiatsiya bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

Endi “Manchester Yunayted” fan-klubi a'zolari "qizil iblislar" ishtirokidagi barcha uchrashuvlarni “Uz Arena”da tomosha qiladi.


Angliya chempionati 27-turdan o'rin olgan "Manchester Yunayted" va "Bornmut" o'rtasidagi uchrashuvini tomosha qilish uchun "UzArena"ga "Manchester Yunayted" fan-klubi a'zolari tashrif buyurdi.


Ispaniya chempionati 26-turida “Barselona” o'z uyida “Selta” klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun “Barcamania Tashkent” fan-klubi a'zolari “Uz Arena”ga tashrif buyurdi.




Takidlash kerakki, "Barcamania Tashkent" fan-klubi a'zolari bilan birgalikda ushbu bahsni tomosha qilish uchun taniqli radiosi boshlovchi, aktyor Akmal Mirzo "UzArena"ga tashrif buyurdi.




Bu turda Madridning “Real” klubi “Eybar” jamoasi mehmoni bo'ldi va raqiblarini yirik 4:1 hisobida yanchib tashladi. Ushbu bahsni tomosha qilish uchun “Uz Arena”ga “Madridista Uzbekistan” fan-klubi a'zolari ham tashrif buyurdi va sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatladi.





Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia