Harri Keyn: "Liverpul" engilmas jamoa emas"

27 okt 2019, 21:20
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn APL 10-turida "Liverpul"ga qarshi o'yindan avval o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Van Deyk - ajoyib himoyachi, lekin uni engish mumkin. Buni "Liverpul"ga nisbatan aytsak ham bo'ladi. Bu engilmas jamoa emas. O'zimizning o'yinga bor e'tiborni qaratishimiz kerak, holos. Istalgan kuni har qanday raqibni yutish mumkin. Bu ishni "Enfild"da bajarish uchun harakat qilishimiz zarur", - deydi Keyn. 


Eslatib o'tamiz, "Liverpul APLning "Enfild"da o'tkazilgan uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchramay kelmoqda (44 ta o'yin).

O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com