Keyn APL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar orasida kuchli beshlikka kirib oldi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2022, 20:14
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn APLdagi gollari sonini 178 taga etkazdi.

Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni yulduz futbolchi chempionatning 16-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinda "Brayton" darvozasini ishg'ol qilgandi (2:0).

"Shporlar" forvardi Premer-ligadagi gollari soni bo'yicha Frenk Lempardni (177) ortda qoldirib, liganing barcha vaqtlardagi eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida beshinchi o'ringa joylashdi.

Faqatgina Serxio Aguero (184), Endi Koul (187), Ueyn Runi (208) va Alan Shirer (260) Keyndan oldinda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Squawka