Keyingi 6 yil Ispaniya Superkubogi Osiyo mamlakatida o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019, 16:14
Joriy mavsum boshlanishidan oldin "Sevilya" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi Marokashda bo'lgan edi.

Usha bahsda Kataloniya klubi 2:1 hisobida g'alaba qozonib, sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, keyingi 6 yil ham Ispaniya Superkubogi mamlakat tashqarisida o'tkaziladi. Ushbu o'yinga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogida g'olib bo'lish bo'yicha "Barselona" rekordchi hisoblanadi. Ular 13 marta sovrinni qo'lga kiritishgan, "Real" esa 10 marta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca