Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi

1 fev 2020, 08:46
Boateng “Fiorentina”ni tark etdi.

Florenciya klubida 6 oy harakat qilgan Kevin-Prins Boateng mavsum so'ngiga qadar ijara asosida “Beshiktosh” safida to'p tepadi. Futbolchi “Fiorentina” uchun joriy mavsum 14 ta o'yinda maydonga tushgandi. U o'tgan mavsumning yarmini “Barselona”da o'tkazgan.

“Beshiktosh” - Boatengning faoliyatidagi 12-klub.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Бешиктош” расмий сайти