Kevin de Bryuyne Manchester derbisini o'tkazib yuborishi mumkin

5 mar 2020, 08:20
Futbolchini elkasidan olgan jarohati bezovta qilmoqda.

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne elkasidagi jarohat sabab Angliya Kubogi doirasida “Sheffild Uensdey” klubiga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Jamoa ustozi Pep Gvardiola shogirdining 8 mart kuni APL doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi kechadigan bahsga qadar maydonga qayta olishiga ishonmayapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport