Kessi uchun yangi da'vogar paydo bo'ldi

17 noya 2019, 22:45
Ivuarlik futbolchi APLga yo'l olmaydigan ko'rinadi.

"Milan" xavbeki Frank Kessi Fransiyaning "Monako" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqida Football Italia nashri xabar qildi. Italyan klubi futbolchini 30 millionov evro evaziga sotadi. Avvalroq, Kessi Anliyaning "Vulverxempton" klubi qiziqishlariga sabab bo'lgani haqida xabar berilgandi, ammo so'nggi ma'lumotlarga qaraganda, britaniyaliklar futbolchini sotib olish fikridan qaytishgan.

Eslatib o'tamiz, "Milan" 22 yoshli Kessining shartnomasini shu yilning yozida "Atalanta"dan 24 million evro evaziga sotib olgandi. Yarim himoyachi A Seriyaning joriy mavsumida 10 bahsda maydonga tushdi va 1 marotaba gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia