Kessi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

6 fev 2020, 01:45
“Sku Sports” xabariga ko'ra, “Milan“ yarim himoyachisi Frank Kessi yana “Vulverxempton“ klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

“Bo'rilar“ o'tgan yozda ham ivuarlik futbolchini sotib olishga harakat qilishgan, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi.

Xabar qilinishicha, 22 yoshli futbolchi ingliz klubining iyul oyidagi asosiy transfer maqsadiga aylangan. Xavbekning ehtimoliy transfer bahosi 25 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Kessi uchun “Monako“ va “Atalanta“ ham da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, A Seriyaning joriy mavsumida 19 o'yinda maydonga tushgan ivuarlik futbolchi 1ta golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Skу Sports