Kessiga ingliz klublari qiziqish bildirmoqda

29 dek 2019, 10:57
"Milan" klubi yarim himoyachisi Frank Kessi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, futbolchiga "Vest Xem" va "Vulverxempton" klublari da'vogarlik qilishmoqda. Kessining ehtimoliy transfer bahosi 20 million evroni tashkil qilishi kutilyaapti.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachini "Napoli"ning yangi bosh murabbiyi Jennaro Gattuso ham o'z jamoasi safida ko'rishni xohlagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport