Kepa boshqa bir London grandi safiga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
6 iyun 2025, 14:25
"Arsenal" Kepa Arrisabalagani qo'lga kiritishi mumkin.

"Chelsi"ning 30 yoshli posboni o'tgan mavsumni "Bornmut"da ijarada o'tkazdi.

Ispaniyalik futbolchining shartnomasidagi tovon puli 5 mln funtni tashkil etadi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, "Arsenal" Kepani David Rayaning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Ehtimoliy bitim shartlarini aniqlashtirish uchun dastlabki muzokaralar allaqachon o'tkazilgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano