Kellini "Oltin to'p"ga kim loyiq ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2021, 20:12
Italiya va "Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini terma jamoadagi safdoshi Jorjino haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yarim himoyachi "Oltin to'p" uchun favoritlardan biri hisoblanadi.

"Umid qilamanki, u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. Jorjino ushbu yilni ajoyib darajada o'tkazdi, shuning uchun uning yutuqlarini qadrlash kerak. U mening do'stim, shuning uchun men uning mukofotini o'zimniki kabi his qilaman", - deydi himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Jorjino o'tgan mavsumda Chempionlar ligasi va Yevropa chempionligini qo'lga kiritgandi. U UEFA tomonidan o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olingan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo