
Bu biz uchun muhim bellashuv bo'ladi. Bu musobaqada hamma narsani birgina uchrashuv hal etadi. Har qanday raqib hurmatga sazovor. Shuni aniq aytishim mumkinki, "Napoli"ga nisbatan raqibni mensimaslik yo'q. Chempionatda "Roma"dan ochkolar bo'yicha ilgarilab ketganimiz hozir muhim emas. Barcha evrokuboklarda ishtirok etayotgan jamoalar singari biz ham biroz charchadik. Lekin Italiya superkubogini qo'lga kiritishni juda xohlamoqdamiz. Chempionat biz uchun omadli kelayotganidan xursandmiz. Italiya superkubogi Rojdestvo oldidan juda katta sovg'a bo'lardi.